10:20 / 04.01.2018
7596

TIVning 2017 yildagi faoliyatini qanday baholaysiz?

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘z faoliyati bo‘yicha so‘rov o‘tkazmoqda. Tegishli so‘rov vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

TIV saytida so‘rov bitta savoldan iborat: «Siz TIVning 2017 yildagi faoliyatini qanday baholaysiz?» Javoblar esa to‘rt variantdan iborat: «A'lo», «Yaxshi», «Qoniqarli» va «Yomon».

4 yanvar kuni soat 10:27dagi holatga ko‘ra, ovoz berganlarning 45,8 foizi TIV faoliyatini «A'lo» deb baholagan bo‘lsa, 22,9 foizi «Qoniqarli» ekanini bildirgan. 16,7 foiz – «Yaxshi» va 14,6 foiz – «Yomon».

Qayd etilishicha, TIV faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni press@mfa.uz elektron manziliga yuborish mumkin. 

Top