00:17 / 05.01.2018
8189

Kobuldagi teraktda 15 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etilishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.  

Portlash 4 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 20:30da shaharning Banoiy tumanida, AQSh elchixonasi yaqinida sodir etilgan. Guvohlarning aytishicha, bombani terrorchi-xudkush harakatga keltirgan. Telekanalning ma'lum qilishicha, terakt oqibatida asosan politsiyachilar halok bo‘lgan.

Mahalliy amaldorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar bu hududda spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar sotilishiga qarshi operatsiya o‘tkazishayotgan bo‘lgan. Xudkush u tomonga politsiyachilar yaqinlashayotganini sezgandan keyin bombani portlatgan.

Hozircha hech qaysi bir terrorchilik guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Ayni vaqtda hudud politsiyachilar tomondan o‘rab olingan. 

Top