20:10 / 05.01.2018
59242

Prezident bir yilda ikki farzandidan ayrilgan ayolga uy sovg‘a qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, u shifoxonadagi bemorlardan biri, bir yilda ikki bolasidan ayrilgan ayolga uy sovg‘a qilgan.

«Bir yilda ikki bolasidan ayrilgan, uyida nogiron farzandi bo‘lgan ayol koma holatida Yangiyo‘l shifoxonasiga yotqizilgan edi. Prezidentimiz bu ayolga uy berish, davolanishiga  yordamlashish bo‘yicha topshiriq berdi», deyilgan xabarda.

Davlat rahbari shuningdek, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasini kapital ta'mirlash, 20dan ortiq yo‘nalishda tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriqlar bergan.

Top