09:25 / 05.01.2018
6305

«Tottenhem» ochko yo‘qotdi

Foto: Premer liga

«Tottenhem Hotspur» va «Vest Hem Yunayted» o‘rtasida Angliya Premer-ligasining 21-turidan qoldirilgan uchrashuv o‘tkazildi. Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. «Shporlar» 4 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasini yakunladi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Pedro Obyang kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi. 84-daqiqada Son Xin Min jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi golni urdi.

Endi «Tottenhem Hotspur» 41 ochkosi bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘riinda, «Vest Hem Yunayted» 22 ochkosi bilan 15-pog‘onada joylashgan.

Angliya chempionati
Qoldirilgan uchrashuv

21-tur
Tottenhem – Vest Hem 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 70 Obiang, 1:1 – 84 Son Xin Min.
Tottenhem – Loris, Ore, Sanches, Vertongen, Devis (Lorente, 82), Dayyer (Vanyama, 74), Sissoko (Lamela, 74), Eriksen, Alli, Son Xin Min, Keyn.
Vest Hem – Adrian, Rid, Ogbonna, Rays, Sabaleta, Kuyate, Nobl, Obiang, Masuaku, Lansini (Kerroll, 85), Ernandes (Ayyu, 65).
Ogohlantirishlar: Kerroll (87), Nobl (90).

Foto: Premer liga
Mavzuga oid
Top