22:21 / 06.01.2018
6671

Hindistonda qor ko‘chkisi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi 

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida qor ko‘chkisi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 6 yanvarda Hindustan Times nashri xabar berdi. 

Voqea shtatning Kupvara okrugida 5 yanvar kechki payt yuz bergan. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor.

Ko‘chki ostida qolgan odamlarni qidirish bilan politsiya, armiya va mahalliy aholi shug‘ullanmoqda. Ikki kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.  

 

Top