08:18 / 06.01.2018
12714

Toronto aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi 

Foto: CTV

Torontoning Lester Pirson nomidagi xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, yo‘lovchilar tezda evakuatsiya qilinganlar.

Aeroportning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilinishicha, voqea 3-terminal oldida yuz bergan.

WestJet aviakompaniyasida ma'lum qilinishicha, bortida 168 yo‘lovchi va ekipajning 6 a'zosi bo‘lgan, Meksikaning Kankun shahridan kelgan Boeing 737-800 samolyoti teletrap (samolyot bilan aeroport binosini bog‘lovchi trap) yoniga yaqinlashayotganda Sunwing kompaniyasi samolyoti bilan to‘qnashib ketgan. 

WestJet’da ma'lum qilinishicha, to‘qnashuv oqibatida samolyotlar qanoti va dumidan shikastlangan.  

CTV telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida Sunwing samolyoti bortida yong‘in chiqqan. Samolyot bo‘sh bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top