00:41 / 07.01.2018
16383

Hmeymim bazasi yaqinida minalar olib ketayotgan dron urib tushirildi

Suriyalik harbiylar Rossiyaning Hmeymimdagi aviabazasi yaqinida minalar mahkamlangan dronni urib tushirishdi. Bu haqda Directorate 4 ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, dron qo‘lbola usulda, juda sodda ko‘rinishda tayyorlangan: yog‘och ramkaga skotch bilan dvigatel mahkamlangan bo‘lgan. Unga plastik korpusga ega ikkita qo‘lbola mina o‘rnatilgan bo‘lgan.  

3 yanvarda Hmeymim bazasiga 31 dekabrda jangarilar tomondan hujum qilingani, buning oqibatida 7 ta samolyot yaroqsiz holga kelgani ma'lum qilingan. Keyinroq Rossiya mudofaa vazirligida aviabazaga haqiqatan ham hujum qilingani, hujum oqibatida 2 harbiy halok bo‘lgani, biroq samolyotlarga shikast yetmagani ma'lum qilingan.

Mavzuga oid
Top