07:53 / 08.01.2018
9333

Suriyaning Idlibidagi portlashlarda 30 kishi halok bo‘ldi 

Foto: Khalaf Joumaa

Suriyaning Idlib shahrida 7 yanvarda sodir etilgan bir qator kuchli portlashlarda kamida 30 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi jarohat oldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, turar joy mavzesida portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan mashinalar portlatilgan. Suriyaning inson huquqlarini monitoring qilish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, portlashlar “Ajnad al-Kavkaz” radikal guruhi bosh qarorgohiga qaratilgan bo‘lgan. Bu guruh tarkibiga kavkazlik jangarilar kiradi. 

Bu orada kuzatuvchilarning ma'lum qilishicha, hukumat qo‘shinlari Rossiya aviatsiyasi ko‘magida Idlib viloyatining janubidagi Sinjar aholi punktini “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhidan ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan. 

Top