20:40 / 08.01.2018
14673

Trampga tegishli binoda yong‘in chiqdi

Foto: reuters

Nyu-Yorkda Donald Trampga tegishli Trump Tower binosida yong‘in chiqdi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda. 

Ushbu hodisa qayd qilingan videoda 68-qavatli binoning tomidan qora tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. Yong‘in joyida 84 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishlagan. Yong‘inga elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Ma'lum qilinishicha, yong‘in oqibatida ikki kishi jarohat olgan, ulardan biri og‘ir ahvolda. 

Kvartiralar va ofislar joylashgan bu bino Tramp AQSh prezidenti bo‘lishidan oldin uning qarorgohi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top