17:00 / 09.01.2018
10655

Toshkent viloyatida yangi jamg‘arma tashkil etildi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 yanvardagi 6-son qarori bilan Toshkent viloyati hokimligi huzurida Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan. 

Jamg‘armaning asosiy vazifalari:

viloyati infratuzilmasini yaxshilash, uning hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llarni ta'mirlash;

ko‘p qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta'mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

viloyatda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga kompensatsiya to‘lash va ular uchun ko‘p kvartirali uylarni qurish;

kam ta'minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplab berish;

mahalla fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubxonalar tashkil etish hamda ularni badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish hisoblanadi.

Hujjat matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

Top