22:55 / 09.01.2018
8465
Toshkent viloyatida yoshlarga katta imkoniyatlar taqdim etuvchi Jamoatchilik markazi ochildi

Prezident tashrifidan so‘ng Toshkent viloyatida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, aholinining ijtimoiy turmush tarzining yaxshilanishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Oqqo‘rg‘on tumani Jamoatchilik markazi ochilishida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari shunday fikrlar bildirishdi. 

Oqqo‘rg‘on tumani Jamoatchilik markazi binosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, "Mahalla" xayriya jamot fondining tuman bo‘limi, Jamoatchilik markazi tuman bo‘limi hamda "Go‘zallik jilosi" tikuv korxonasi joylashgan. Tuman markazida aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar uchun uchun chet tillar to‘garagi, biznes klub hamda tuman yetakchilari va sardorlar uchun maxsus xonalarda sharoitlar mujassam bo‘lgan binoning  ochilish marosimida   O‘zbekiston xotin qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova, viloyat prokurori vazifasini bajaruvchi Alisher Karayev, "Mahalla" jamg‘armasi boshqaruv raisi Hakimjon Hamdov hamda tuman hokimi Farhod Omonov tomonidan iliq fikrlar bildirildi. 

Mehmonlar tashkilot xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Ayniqsa, "Go‘zallik jilosi" tikuv korxonasida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan xodimlarning ish jarayonini kuzatishdi. Gulnoza Husanova imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay tikuv mashinasida tikishni o‘rganayotgani barchaning diqqatini tortdi. Ular Gulnoza bilan suhbatlashishdi. Gulnozaning hunar o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi barchada katta taassurot qoldirdi. 

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan "Go‘zallik jilosi" tikuv sexiga tumandagi 30 nafar nogironligi bo‘lgan, mehnatga layoqati cheklangan xotin-qizlar jalb kilindi va Viloyat "Paxtasanoat" AJ korxonasiga kasanachi tikuvchi sifatida qabul qilindi.

Yoshlar ittifoqi xonalari bilan tanishish jarayonida "Kamalak" bolalar tashkilotining sardorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda sardorlarga ko‘krak nishonini taqdim etish marosimi ham o‘tkazildi. "Kamalak" sardorlarining ko‘krak nishoni tumanning 50 nafar eng iqtidorli va faol o‘quvchilariga  taqdim etildi.

Top