20:20 / 10.01.2018
9053

Xitoyda qor va muz festivali bo‘lib o‘tmoqda

Foto: News.cn

Xitoyning Xarbin shahrida muzdan qurilgan shaharcha ochildi. Xeyluntszyan viloyati poytaxtida shu kunlarda qor va muz festivali bo‘lib o‘tmoqda, unga har yili turli mamlakatlardan yuzlab turistlar tashrif buyuradi.

Tashkilotchilarning xabariga ko‘ra, 2018 yilda ko‘rgazma maydoni 500 ming kvadrat metrga teng bo‘ldi, haykaltaroshlik namunalarini yaratish uchun esa 200 ming kub metr muz va qor ishlatildi.

14 davlatdan bo‘lgan jamoalar Buyuk Ipak yo‘li shaharlaridagi eng diqqatga sazovor joylar haykallarini yaratishdi, shuningdek tepaliklar, labirintlar va noodatiy art-obektlarni o‘rnatishdi. Eng katta haykaltaroshlik namunasining uzunligi 300 metrga teng bo‘lib, uning ustida 500 dan ortiq kishi ish olib borgan.

Bog‘ to‘rt hududga bo‘lingan: «Qor va muz dunyosi», «Shaolin-bog‘», «Quyoshli orol» va «Markaziy ko‘cha». Ularning bari qorong‘u vaqtda maxsus chiroqlar yordamida yoritiladi, shuning uchun sayyohlar bu yerda kechki payt suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi. 

Xarbindagi festival doimiy sovuq harorat tufayli o‘tkaziladi.  Xeyluntszyan viloyatida yanvar oyi boshlarida harorat 24 daraja sovuqni tashkil etadi, bu ustalarga keng ko‘lamli ekspozitsiyalarni yaratish imkonini beradi.

Xarbin uchun qishki turizm iqtisodiyotning eng yetakchi sohalaridan biriga aylangan. Minglab turistlar festivalga tashrif buyuradi va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fotosuratlarini e'lon qiladi.

Foto: News.cn
Foto: News.cn
Foto: News.cn
Foto: News.cn
Foto: News.cn
Foto: News.cn
Foto: News.cn
Foto: News.cn
Foto: News.cn
Top