00:20 / 10.01.2018
4779

Misr prezidenti saylovda ishtirok etish uchun parlament ko‘magiga ega bo‘ldi

Foto: Reuters

Misr prezidenti Abdufattoh as-Sisi ikkinchi marta parlament a'zolarining ko‘pchiligi tomonidan prezidentlikka loyiq, deb topildi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, Misr Arab Respublikasi parlamenti a'zolarining 3/4 qismi amaldagi davlat rahbarining nomzodini ma'qullagan. Shunga qaramasdan, u joriy yilning 26-28 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini hanuzgacha e'tirof etmadi.

Sobiq harbiy general Abdufattoh as-Sisi davlatni 2014 yildan buyon boshqarib keladi. Shu davrgacha u bir yil davomida harbiy qo‘mondon sifatida ham yetakchilikni qo‘lga olgandi.

Misr qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlik saylovida ishtirok etishni istagan nomzod parlament a'zolarining kamida 20 nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga erishishi so‘raladi. Bundan tashqari, mamlakatning kamida 15ta ma'muriy birligida istiqomat qiluvchi saylovda ishtirok etish huquqiga ega 25,000 kishining imzosi bilan prezidentlik saylovida ishtirok etish imkoniyati bor.

Mavzuga oid
Top