21:40 / 10.01.2018
23083

Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahrini aylanib o‘tuvchi yo‘l qurishga ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi iqtisodiy obektlarga tashrifi doirasida shaharni obodonlashtirish borasida ko‘rsatmalar berdi.

Prezident matbuot xizmati xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahrida 15ta 9 qavatli uy, 10ta bog‘cha, supermarket, Chirchiq daryosi bo‘yida sayilgoh, shaharni aylanib o‘tuvchi yo‘l qurish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Bundan oldinroq, prezident shahardagi «O‘zkimyomash» aksiyadorlik jamiyatiga tashrifi doirasida Chirchiq shahrini shaharsozlik normalari asosida qayta qurish loyihasi bilan tanishgandi. Loyihalarda «Chirchiq markaziy dehqon bozori» MChJ rekonstruksiya qilish loyihasiga ko‘ra, yangi tipdagi zamonaviy bozor tashkil qilish, shahar markaziy istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish, «Chirchiq» daryosi bo‘yida zamonaviy sayilgoh qurish, Chirchiq davlat pedagogika hamda jismoniy tarbiya institutlarini zamonaviy o‘quv maskaniga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot bor.

Mavzuga oid
Top