21:46 / 11.01.2018
7792

«Valensiya» «Arsenal» futbolchisini qo‘lga kiritdi

Foto: Valensiya

«Arsenal» yarimhimoyachisi Fransis Koklen «Valensiya»ga o‘tdi.

26 yoshli fransiyalik Ispaniya klubi bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 80 million yevro qilib belgilandi.

«Arsenal» Koklen transferi uchun 12 million funt oldi.

Top