14:30 / 12.01.2018
44347

GM Uzbekistan AJning 2017 yil bo‘yicha ko‘rsatkichlari keltirildi 

GM Uzbekistan 2017 yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 58,1 foizga oshirgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda kompaniya tomonidan 85,67 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgandi, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 135 471 donaga yetgan.

GM Uzbekistan aksionerlik jamiyati 2017 yilda Nexia ishlab chiqarishni 7,4 foizga oshirgan (34,54 ming), Damas ishlab chiqarish – 33,8 foizga (22,49 ming dona), Spark ishlab chiqarish – 26,1 foizga (22,36 ming dona) oshgan.

O‘tgan yilda 19,16 ming dona Gentra ishlab chiqarilgan (2 baravar o‘sish). Bu ko‘rsatkich quyidagicha davom etadi: Cobalt – 18,01 ming dona (4,6 marta), Matiz – 13 ming dona (4,4 marta), Captiva – 4,54 ming dona (2,1 marta), Malibu – 963 dona, Orlando – 388 dona (15,5 foiz).

Top