16:00 / 12.01.2018
37234

Toshkentda harbiy-vatanparvarlik festivali, shahar uzra harbiy vertolyotlar uchib o‘tdi (foto)

Bugun, 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan poytaxtning “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Armiya va yoshlar” deb nomlangan harbiy-vatanparvarlik festival o‘tkazildi.

Festival dasturidan harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, harbiy xizmatchilar va jangovar texnikalarning tantanali marsh bilan o‘tishi, barcha kuch tuzilmalari harbiy orkestrlari va Qurolli Kuchlar Markaziy hamda Ichki ishlar va MXX Chegara qo‘shinlari ashula hamda raqs ansambllari xonandalarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, dala oshxonasi faoliyati o‘rin oldi.

Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida uzoq masofaga yugurish aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Kontsert dasturida estrada xonandalari ishtirok etdi.

Tadbirda 80 dan ziyod texnika qatnashdi. Harbiy-texnika ko‘rgazmasida esa 50 dan ortiq texnika, 200 dan ko‘proq qurol-aslaha namunalari, 600 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etgan.

Shuningdek, Toshkent shahri uzra 6 ta harbiy vertolyot uchib o‘tgan. Fuqarolarning takliflariga binoan mazkur festival 13 yanvar kuni soat 10.00da o‘sha joyda takroran bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid
Top