09:50 / 12.01.2018
35470

Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, unda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «juda yaxshi» munosabatlar bor. Bu haqda u The Wall Street Journal’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Menda Kim Chen In bilan juda yaxshi munosabatlar bor... Men odamlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yaman. O‘ylashimcha, siz hayratda qoldingiz», - deya ma'lum qildi Tramp.

Biroq, u Shimoliy Koreya yetakchisi bilan suhbat qurganiga oydinlik kirituvchi savolga javob berishdan bosh tortdi.

«Men bunga izoh bermayman. Men bo‘lgan yoki bo‘lmagan, demayapman. Shunchaki izoh berishni xohlamayman», - deya aytib o‘tdi Tramp.

Gazetaning ta'kidlashicha, Amerika prezidentining bayonoti Vashington va Pxenyan o‘rtasida ochiqroq diplomatiyaga signal bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh iqlim bo‘yicha kelishuvga qaytishi mumkinligini bildirgandi.

Top