13:27 / 12.01.2018
9014

Tramp Londonga tashrifini nega bekor qilganini aytdi

Foto: Time.com

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Londonga tashrifni avvalgi davlat rahbari Barak Obama ma'muriyati harakatlaridan norozi bo‘lgani uchun bekor qilgan. Bu haqda u tvitterda yozdi.

«Mening Londonga tashrifim bekor qilinishiga sabab shundan iboratki, men Obama ma'muriyatining ishqibozi emasman, u Londondagi eng yaxshi elchixona binosini arzimagan pulga sotib yubordi, shahar chetida esa 1,2 mlrd dollarga yangisi qurildi. Men tasmani kesib berishimni xohlaganmisiz? Yo‘q!» - deya yozdi Tramp.

Avvalroq Daily Mail nashri Tramp Britaniyaga belgilangan safarini bekor qilgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid
Top