Katta loyihalar, ish staji va propiska - Mirziyoyev ipakchilik bo'yicha yangi qaror imzoladi
11:37 / 13.01.2018
26355
Фото: Президент матбуот хизмати

O'zbekiston Respublikasi prezidenti «Respublikada ipakchilik sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorni imzoladi.

Davlat rahbari ipak xomashyosi, ipak paxtasi, ipak mato va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 5 ta investitsiya loyihasini ma`qulladi. Ularning umumiy qiymati 26 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Ushbu loyihalar doirasida 2018-2021 yillarda ipak xomashyosi ishlab chiqarishni 672 ming tonnaga, ipak paxtasini 243 ming tonnaga, ipak matolarni esa 2 533,6 ming pogon metrga oshirish rejalashtirmoqda.

5 ta loyiha tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish yo'li bilan ham moliyalashtiriladi.

Ipak sanoatidagi investitsiya loyihalari tashabbuskorlari ishlab chiqarish faoliyati uchun  davlat mulkini «nol» sotib olish qiymati bo'yicha olish borasida murojaat bilan chiqishlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, «O'zbekipaksanoat» uyushmasi hamda Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan ustuvor jihatda ko'rib chiqiladi. Ijobiy qaror uchun investitsiya loyihasining qiymati 5 mln AQSh dollarini tashkil etishi va «O'zbekipaksanoat» uyushmasining iltimosnomasi talab etadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatlari, Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi va «O'zbekipaksanoat» uyushmasi bir oy muddat ichida keyinchalik «Agropilla» MChJga topshirish uchun joylarda tutzorlar inventarizatsiyasini o'tkazadi. «Agropilla» MChJ plantatsiyalarni ipakni qayta ishlovchi va ipak qurti urug'ini olish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarga foydalanish uchun bepul topshiradi.

Bundan tashqari, ushbu kompaniya ko'chatlar va ipak qurti urug'ini tayyorlash bo'yicha xo'jalik tashkil etish uchun har bir hududda 30 gektardan sug'oriladigan yer ajratadi.

2023 yil 1 yanvargacha «O'zbekipaksanoat» uyushmasi a`zolari quyidagilardan ozod etildi: 

a) belgilangan tartibda tasdiqlangan ro'yxatlar bo'yicha olib kiriladigan O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, xom-ashyo va materiallar uchun bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtirilishi uchun yig'imlardan tashqari);

b) tutzorlar tomonidan egallagan maydonlarda yer solig'ini to'lashdan (imtiyoz umumbelgilangan soliq to'lovchilariga tatbiq etiladi);

v) yagona yer solig'ini to'lashdan (imtiyoz soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibida qo'llaniladi).

2018/2019-o'quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan oliy o'quv yurtlarida ipakchilik bo'yicha maxsus sirtqi bo'limlar ochiladi. Oliy o'quv yurtlariga qabul qilish uchun kvotalarni belgilashda sanoatning yuqori malakali mutaxassislarga bo'lgan real ehtiyoji hisobga olinadi.

«O'zbekipaksanoat» uyushmasi davlat organlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, milliy ahamiyatga ega boshqa davlat tashkilotlari ro'yxatiga kiritiladi, ularning rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatdan o'tish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining fermerlik xo'jaliklarida ipakchilik sohasiga tegishli bo'lgan mavsumiy ishlar ish yili uchun pensiya belgilash maqsadida stajda hisobga olinishiga oid taklifi ma`qullandi.

Top