09:09 / 13.01.2018
8641

“Oskar”ga da'vogar filmlar tanlanishi yakunlandi  

Foto: AFP / Emmanuel Dunand

AQSh kinosan'ati akademiyasi 12 yanvarda “Oskar” mukofotiga da'vogar filmlar bo‘yicha ovoz berishni yakunladi. Bu haqda tvitterda ma'lum qilindi.  

Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha da'vogar filmlar 23 yanvarda e'lon qilinadi. G‘oliblar uchun yakuniy ovoz berish 20-27 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi, sovrindorlar nomlari “Oskar”ning yubiley – 90-taqdimotida e'lon qilinadi. Marosim 4 mart kuni Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi. 

Tashkilotchilar avval ma'lum qilgandek, yilning eng yaxshi filmi uchun kurashish huquqiga 341 ta to‘liq metrajli film ega. “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha 92 ta davlat filmlari nomzodlikka qabul qilingan. 

AQSh kinosan'ati akademiyasi kino va unga yaqin kasblarda faoliyat yurituvchi 6 mingga yaqin ijodkorni birlashtiradi. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlarni akademiyaning tegishli bo‘limlari akademiklari tanlaydilar, “Yilning eng yaxshi filmi” uchun esa akademiyaning butun tarkibi ovoz beradi.

Mavzuga oid
Top