Samir Abbosov Toshkentdagi Ozarboyjon Madaniyat Markazining 2017 yilgi sarhisobi va 2018 yilgi rejalari bilan bo'lishdi
01:15 / 13.01.2018
2688

O'zbekiston va Ozarboyjon mamlkatlari 2017 yilda ko'p sonli katta loyihalarni amalga oshirishdi. Bu mamlakatlar mintaqada ham, Islom davlatlari orasida ham nufuzli o'ringa ega bo'lib bormoqda, ularning bildirgan takliflari yuqori darajada qabul qilinmoqda. 

Prezident Ilhom Aliyev tomonidan yuritilayotgan muvaffaqiyatli siyosat natijasida Ozarboyjonning tarixiy ipak yo'li qayta tiklanishi, Boku-Tblisi-Qars temir yo'lining ochilishi iqtisodiyot va turizm sohasida yangi imkoniyatlarni kashf etadi, deydi Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomli Ozarboyjon madaniyat markazi rahbari Samir Abbosov. 

"2017 yilda Toshkent va Bokuda gumanitar, ayniqsa madaniyat va turizm sohalarida ko'plab loyihalar hayotga tatbiq etildi. Islom olami hamjihatligiga yo'naltirilgan xalqaro tadbirlar, Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Sharq taronalari" musiqiy festivali, xalqaro turistik ko'rgazma va yarmarkalar - bularning bari mamlakatlarimizning jahon sahnidagi nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi. Ta`kidlash joizki, tarixiy Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqiy festivalida ozarboyjonlik Sohib Poshazoda eng yuksak mukofot - Gran-priga sazovor bo'ldi. 

Bugungi kunda qardosh O'zbekistonda 40 ming nafarga yaqin ozarboyjonlik istiqomat qiladi - ular ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona ko'prik hisoblanadi. Ozarboyjonliklar O'zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayotida doim faol qatnashib kelishadi va bu o'lkani o'z vatanlaridek sevishadi.

Haydar Aliyev nomini olgan Ozarboyjon Madaniyat Markazi ikki qardosh xalq o'rtasidagi munosabatlar rivoji yo'lida qator loyihalar va tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Toshkent va Samarqandda ikki marta Ozarboyjon madaniyat kunlari, shuningdek milliy oshxona festivallari, konsert dasturlari, ko'rgazma va modalar namoyishi o'tkazildi. Samarqand davlat universiteti qoshida Ozarboyjonning navbatdagi madaniyat va adabiyot xonasi tashkil qilindi. Bundan tashqari, vatandoshimiz Saida Rizo Alizoda nomini olgan Ozarboyjon-O'zbekiston Do'stlik markazi ham ikki mamlakatning do'stona munosabatlarini faol targ'ib qilib kelmoqda. 

Shu bilan birga, ikki mamlakat o'rtasida ilmiy, madaniy va adabiy mavzularga bag'ishlangan konferensiyalar bo'lib o'tdi. Markazimiz loyihasi bo'yicha O'zbekiston xalq shoiri Jamol Kamolning 80 yoshli yubileyini keng nishonladik. 

O'zbekistonlik 12 jurnalist ishtirokida "Mediatur" tashkil qilindi. Ular Ozarboyjonning barcha sohalarda erishgan yutuqlarini keng yoritib borishdi. Ikki mamlakat jamoatchiligiga Ozarboyjon-O'zbekiston do'stona munosabatlari haqidagi "Asl do'stona munosabatlar" hujjatli filmi namoyish qilindi. 

Ozarboyjon Milliy Ilmiy Akademiyasi institutlari hamda O'zbekistonning ilmiy muassasalari, shuningdek turistik assotsiatsiyalar o'rtasida Memorandumlar imzolandi. Birinchi  marta talabalar va doktorantlar almashinuvi tatbiq etildi, ko'plab sayohatlar tashkil etildi. 

Madaniyat Markazi loyihasi doirasida buyuk ozarboyjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning barcha asarlari o'zbek tiliga o'girilib chop etildi. Toshkentda Ganjaviyning "Xamsa"si nashrdan chiqdi, shu bilan birga, shoirning "Sirlar xazinasi", "Layli va Majnun", "Iqbolnoma" asarlari ham jamoatchilikka taqdim etildi.

2018 yilda Haydar Aliyev nomli Ozarboyjon Madaniyat Markazida ko'plab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

Joriy yilning may oyida Toshkentda Ozarboyjon Demokratik Respublikasining 100 yilligiga bag'ishlangan ko'plab tadbirlarni o'tkazish rejalashtirilmoqda. O'zbekistondagi Madaniyat va san`at instiutida ozarboyjonlik buyuk bastakor Kara Karayev nomidagi "Ozarboyjon Musiqiy va Madaniy markazi"ning ochilishi ko'zda tutilmoqda. 

Navoiy nomli Toshkent Davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetida Ozarboyjon-O'zbekiston Do'stlik markazini tashkil etish, shuningdek O'zbekistonda birinchi marta "Ozarboyjon tili va adabiyoti" kafedrasining yo'lga qo'yilishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari, O'zbekistonning tarixiy shaharlaridan biri bo'lmish Xivada "Ozarboyjon madaniyat haftasi"ni o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz.

Madaniyat Markazining navbatdagi loyihasi asosida "Ozar-o'zbek" va "O'zbek-ozar" lug'atining tayyorlanishiga start berildi.

2018 yilda Madaniyat Markazi O'zbekistonning turistik firmalari vakillari ishtirokida «İnfotur» tashkil qiladi. Qardosh yurtning turistik firmalari vakillari va jurnalistlari Boku, Gabala, Loxij, Sheki, Ganja, G'usor, Nabran kabi sayohlik markazlari bilan tanishishadi.

Ozarboyjon va O'zbekiston ipakchilik san`atiga oid loyihaning hayotga tatbiq etilish kutilmoqda. O'zbekistonning Marg'ilon shahrida har yili an`anaviy Ipakchilik festivali o'tkaziladi va biz bu yil unda tashkilotchi sifatida ishtirok etishni ko'zlayapmiz.

Rejalar ko'p. Ishonamanki, mamlakatlarimizda yuritilayotgan muvaffaqiyatli siyosat natijasida biz oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga erishamiz, do'stona va hamkor munosabatlarimizda yangi marralarni zabt etamiz", deydi Toshkentdagi Ozarboyjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov. 

Top