O'zbekistonda “Fan to'g'risida“gi qonun qabul qilinadi 
14:26 / 13.01.2018
9057
Фото: KUN.UZ

13 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha press-brifing muhokamasi bo'lib o'tdi.

Ma`lum qilinishicha, 2018 yilda O'zbekistonda «Fan to'g'risida»gi qonun qabul qilinadi. Bu haqda xabar bergan Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Azimjon Nazarov «O'zbekiston Respublikasida Innovatsion faoliyat to'g'risida»gi qonun ham qabul qilinishini ta`kidlab o'tdi.

«Hozirgi holatda mamlakatda innovatsion sharoit qanday ekanini aniqlash, qaysi sohada innovatsion yondashuv kamligi o'rganiladi. Shuningdek, davlat tomonidan innovatsion rivojlanishni tartibga solish mexanizmlari ham ko'rib chiqilmoqda», deb fikr bildirdi vazir o'rinbosari.

Muhokamada «davlat dasturida ko'zlangan islohotlarning deyarli barchasi innovatsion yondashuv orqali amalga oshirilishini inobatga olib, vazirlik xalqaro tajribaga ega xorijiy konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygani» ma`lum qilindi.

Top