20:30 / 14.01.2018
9202

«Arsenal» autsayderga qarshi o‘yinda g‘alabani mag‘lubiyatga aylantirdi

Foto: Reuters

Angliya chempionatining 23-turida «Arsenal» «Bornmut» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv mezbonlar jamoasining 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda «to‘pchilar» asosiy yetakchilari Aleksis Sanches va Mesut O‘zilsiz harakat qildi. O‘zil jarohati tufayli maydonga tushmagan bo‘lsa, Sanches ayni vaqtda boshqa klubga o‘tish arafasida.

O‘yinning 52-daqiqasida Bellerin «Arsenal»ni oldinga olib chiqqandi. Ammo 70 va 74-daqiqalarda Uilson hamda Ayb tomonidan urilgan gollar mezbonlarning g‘alabasini ta'minladi.

Endilikda «Arsenal» 39 ochkosi bilan 6-o‘rinda qolmoqda. Arsen Venger jamoasi birinchi o‘rindagi «Manchester Siti»dan ko‘ra (62 ochko) «xavfli hudud»dagi «Bornmut»ga (24 ochko) yaqinroq.

Angliya chempionati
23-tur

Bornmut – Arsenal 2:1
Gollar: 0:1 – 52 Bellerin, 1:1 – 70 Uilson, 2:1 – 74 Ayb.
Bornmut – Begovich, Kuk, Ake, Deniels (Musse, 63), Frensis, Ayb, Kuk, Freyzer, Gosling, Smit, Uilson.
Arsenal – Chex, Mustafi, Holding, Bellerin, Chembers (Remzi, 74), Chaka, Meytlend-Naylz, Uilsher, Ivobi (Uolkott, 76), Uelbek, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Gosling (21), Frensis (31), Chaka (56), Uilsher (71).

Top