18:37 / 14.01.2018
5023
Erondagi namoyishlar davomida 25 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilindi 
Foto: AFP 2018 / Mohammad Ali Marizad

Eron sud idoralari Eronda yaqinda yuz bergan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar va hibsga olinganlar bo‘yicha aniq ma'lumotlarni berdi. Ma'lum qilinishicha, namoyishlar davomida 25 kishi halok bo‘lgan, 400 kishi hibsga olingan. Bu haqda Press TV xabar bermoqda.

Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani va 450ga yaqin kishi hibsga olingani ma'lum qilingandi.

Eronning yirik shaharlari, jumladan Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan boshlab bir necha kun davomida norozilik namoyishlari o‘tgandi. Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ta'kidlashicha, noroziliklar ichki muammolar hamda boshqa davlatlar gijgijlashi sababli yuz bergan.  

Mavzu
Eronda g‘alayonlar to‘lqini

29 dekabr kuni Eronning turli shaharlarida inflatsiya, rahbariyat va katta xarajatlar talab qilayotgan tashqi siyosatga qarshi namoyishlar to‘lqini boshlandi.

Barchasi
Top