11:10 / 14.01.2018
18256

Trampning ruhiy sog‘lomligi tekshirilishi talab qilinmoqda

Foto: Reuters

Amerikalik shifokorlar o‘zlarining hamkasblari Ronni Jyeksondan AQSh prezidenti Donald Trampni nafaqat jismoniy sog‘lomlikka tekshirishini, balki uning ruhiy sog‘lomligiga ishonch hosil qilishni talab qilishdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda

Trampning salomatligini tekshirayotgan Jyekson davlat rahbarining ruhiy holatini tahlil qilish uchun bir qator standart testlarni o‘tkazishi zarurligi ko‘rsatilgan maktub olgan. Shifokorlarni Trampning noaniq nutqi, bir so‘zni qaytaraverishi, so‘z boyligi kamligi hamda xatti-harakatlarining buzilgan koordinatsiyasi tashvishlantirmoqda.

Murojaatga imzo chekkanlar Tramp 71 yoshda ekanligiga va 66 yoshdan katta har qanday kishini ruhiy sog‘lomlikka tekshirish maqsadga muvofiqligiga asoslanishgan. Xususan, shifokorlar Trampni tekshirishda nevrologik ko‘rikka ahamiyat qaratishni, unda aql zaiflik ehtimoli bor-yo‘qligini va ma'lumotlarni qabul qilishga qodirlikni aniqlashtirishni so‘rashmoqda.

9 yanvarda Tramp AQSh madhiyasi so‘zlarini bilmaslik yoki ularni unutib qo‘yganlikka gumon qilingandi. Tramp Atlantadagi universitetlararo futbol chempionati uchrashuvi vaqtida madhiyani tutilishlar bilan, xor ijrosiga mos tushmagan holda ijro etgani payqalgan.

Mavzuga oid
Top