11:12 / 15.01.2018
11210

Afg‘oniston prezidenti: AQShning yordamisiz armiyamiz yarim yil ham «yashay olmaydi»

Foto: CBC

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining CBS’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, mamlakat Qo‘shma Shtatlarning moliyaviy yordamisiz yarim yil ham faoliyat ko‘rsata olmaydi.

«Biz armiyamizni AQShning qo‘llab-quvvatlovi hamda Qo‘shma Shtatlar imkoniyatlarisiz olti oy davomida ham ta'minlab tura olmagan bo‘lardik», - degan davlat rahbari. Uning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistonda pul yo‘q.

Shu bilan birga, G‘anining qayd etishicha, Afg‘onistonga «o‘z janglarini olib borish uchun» boshqa mamlakatlar kerak emas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda davlat hududida 21 ta xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari bor.

Top