10:19 / 16.01.2018
6551

Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2018 yilning 15 yanvar kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga tashrifi va 2017 yil 10 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

Shuningdek, tomonlar kun tartibidan o‘rin olgan BMT Xavfsizlik Kengashining «Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari» nomli tadbiri, vazirlar darajasidagi «Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish» mavzusi bo‘yicha fikr almashdi.

Top