22:36 / 16.01.2018
13627

Berlin aholisi transportda bepul harakatlanish imkonini beruvchi krossovkaga navbat poylamoqda

Foto: DPA

Berlin aholisi ichiga poytaxt transporti uchun yillik chipta joylangan Adidas EQT Support 93/Berlin krossovkalar seriyasiga navbat poylamoqda, sport poyabzali soni cheklangan. Firma jami 500 juft krossovka ishlab chiqargan. Seriya Berlin transport tizimining 90 yilligiga bag‘ishlangan. Sotuvlarga 16 yanvar kuni start beriladi.

Krossovkalarga Berlin transporti o‘rindiqlari rangida ishlov berilgan. Adidas Originals direktorining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya shu tariqa Berlin shahar madaniyatiga o‘z ehtiromini bildirishga qaror qilgan.

"Shahar va uning aholisi brend va uning konsepsiyasini to‘liq shakllantiradi. Ishonchim komilki, Berlin shahar madaniyatining shakllanishida alohida rol o‘ynagan".

Till Yagla
Adidas Originals bosh direktori

Chiptali krossovkalar 180 yevroga baholanmoqda, Berlinda transport vositalari orqali yillik harakatlanish esa - 761 yevro. Chipta 2018 yil oxiriga qadar metro, tramvay, avtobus va paromalarda amal qiladi. Asosiy shart — krossovkalar yo‘lovchining oyoqlarida bo‘lishi kerak, ularni qo‘lda yoki qutida tashish ish bermaydi.

Mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida 550 kishi navbatga turgan edi, aksariyat shanba kundan beri navbat poylaydi, ular qayta hisoblanib ro‘yxatga kiritildi. Soat 18:00da aks-sado bermaganlar ham qayta hisoblab, ro‘yxatdan chiqarib yuborildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, navbatda turganlarning aksariyati ko‘chada chodir qurib, ko‘chma stollar qo‘yib joylashib olgan.

Foto: stock&people/rbb24
Foto: stock&people/rbb24
Foto: Kristiana Ditcha/rbb24
Foto: Kristiana Ditcha/rbb24
Foto: DPA
Foto: Dezeen

Mavzuga oid
Top