8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

13:29 / 19.01.2018 5751

40 yil ichida birinchi marta. Xitoy Kommunistik partiyasi konstitutsiyaga tuzatishlarni ko‘rib chiqdi

Foto: TASS

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi 1978 yildan beri birinchi marta XXR konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi hujjatning xomaki variantini ko‘rib chiqdi. Bu 19-chaqiriqdagi ikkinchi qurultoyda yuz berdi, deb xabar bermoqda Xitoy Markaziy televideniyesi.

Bu qonun loyihasini tasdiqlash uchun ovoz berish martda, Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishining har yillik sessiyasida bo‘lib o‘tadi. O‘shanda XXRning asosiy qonuniga kiritiladigan o‘zgarishlar keng jamoatchilikka ma'lum qilinadi. Kutilishicha, tuzatishlar XXR raisi Si Tszinpinning nazariy bandlariga asoslangan bo‘ladi hamda partiya yetakchisini “nafaqat partiyani, balki butun millatni muvaffaqiyatli rivojlanish uchun birlashtirishda “asos” sifatidagi” o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi.

Taxminlarga ko‘ra, Xitoy konstitutsiyasidagi o‘zgarishlar to‘rtta muhim mafkuraviy prinsipga asoslangan bo‘ladi: davlat boshqaruvi ishida XKPning alohida o‘rnini e'tiborga olish, Xitoy xususiyatlariga ega sotsializm rolini ma'qullash, eng yangi milliy va xalqaro rivojlanish tendensiyalarini e'tiborga olgan holda nazariy bandlarga o‘zgartirishlar kiritish, ichki siyosiy barqarorlik va ijtimoiy uyg‘unlikni kuchaytirishi lozim bo‘lgan yuridik normalar hamda qonun kuchi ustuvorligini tasdiqlash.

Top