15:10 / 19.01.2018
18924
«O‘lik jonlar»: Turkmaniston Mehnat vazirligining 30 xodimi qo‘lga olindi
Foto: Xronika Turkmenistana

Turkmanistonning Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurash bo‘yicha davlat xizmati yanvar boshidan beri Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda uning hududiy bo‘limlarida tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

«Xronika Turkmenistana» nashri manbalari ma'lumotiga ko‘ra, bugungi kunda, surishtiruvlar yakunlari bo‘yicha, taxminan 30 kishi qo‘lga olingan.

Tekshiruvlar natijasida ko‘p sonli «o‘lik jonlar» - vafot etgan pensionerlar va nogironlar ismi aniqlangan. Ijtimoiy ta'minot tizimi xodimlari ularning nomiga pensiya va nafaqa pullarini to‘lashda davom etishgan. 

Tergov davomida ta'kidlanishicha, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining Nazorat-reviziya bo‘limi hujjatlarni yuritishdagi qonunbuzarliklar va moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirish bo‘yicha ko‘plab holatlarga e'tibor qaratmagan, deyiladi matnda.

Bu borada boshqa tafsilotlar xabar qilinmagan. Ayni damda, manbalar ma'lumotiga ko‘ra, vazirlikda tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Top