20:00 / 21.01.2018
41494

Eron Turkiyaga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters

Eron Turkiyani Suriyaning Afrin viloyatida boshlagan harbiy amaliyotini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Eron tomoni bu kampaniya orqali Turkiya «terroristik» guruhlarga yordam berayotganini iddao qilmoqda.

«Eron bu amaliyot imkon qadar tez to‘xtatilishiga umid qiladi. Aks holda Suriya va Turkiya chegarasida vaziyat og‘irlashadi. Afrinda yuzaga keladigan bunday vaziyat esa Suriya shimolidagi terrorchi guruhlarga qo‘l kelishi mumkin», – deya Eron TIV vakili Bahrom Qosimiyning so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi.

Bundan avvalroq, Turkiya harbiylari Afrindagi amaliyotning ikkinchi kunida ham aviazarbalar berishni davom ettirib, kurdlarning 45ta pozitsiyasini yo‘q qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzu
Turkiyaning Suriyaga kirishi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyani amalda boshladi.

Barchasi
Top