11:30 / 21.01.2018
7707

Lenovo saratonga chalinganlarning yashab ketishi darajasini oshirmoqchi

Foto: China Daily

South China Morning Post nashrining ma'lum qilishicha, Xitoyning Lenovo kompaniyasining Hongkongdagi bo‘linmasi Digital China Holdings Xitoyning eng yaxshi shifoxonalari bilan saratonga chalinganlarning yashab ketishi darajasini oshirish uchun birlashadi. Ayni vaqtda bu daraja past bo‘lib, vaziyatni yaxshilash uchun kompaniya minglab bemorlar haqidagi ma'lumotlarni to‘plab, ularni mashinaviy tahlil qilmoqchi.

DC Holdings hamkorlari orasida Xitoyning tibbiyot fanlari akademiyasi va Milliy onkologik markaz bor. Bu hamkorlik natijasida 1200ga yaqin ixtisoslashgan, shahar va qishloq shifoxonalaridan olingan onkologik kasalliklar haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi eng yirik markaz paydo bo‘lishi kerak. 

Agar reja muvaffaqiyatli bo‘lsa, bu mamlakatni uning shaharlari va qishloqlarida o‘limning asosiy sababiga aylangan va minglab oilalar uchun katta xarajatlarga sabab bo‘lgan saraton ustidan g‘alaba qozonishga yaqinlashtiradi. Hozirda Xitoyda saratonga chalinganlarning tirik qolishi darajasi 30 foizga yaqinni, dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkich 50 foizni, rivojlangan davlatlarda 70 foizni tashkil qiladi. Lenovo Xitoy bo‘yicha bu ko‘rsatkichni 10 yil ichida 40 foizgacha oshirmoqchi.

Mavzuga oid
Top