08:40 / 21.01.2018
23917

Turkiyaga Suriya hududidan raketa uchirildi

Suriya hududidan Turkiyaning Kilis viloyati tomon uchta raketa otildi. Buning oqibatida bir kishi kichik jarohatlar olgan. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, raketa zarbasi viloyatning markazi – Kilis shahriga to‘g‘ri kelgan. Xavfsizlik kuchlaridagi manbaning ma'lum qilishicha, hujum oqibatida bir nechta binolarga ziyon yetgan. Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari jo‘natilgan. 

Raketa kim tomondan otilgani ma'lum qilinmagan.

Foto: Anadolu
Foto: Anadolu

20 yanvarda Turkiya bosh shtabi Suriyaning Afrin shahridagi kurd tuzilmalariga qarshi “Zaytun shoxi” operatsiyasini boshlashini e'lon qilgan. Operatsiya Toshkent vaqti bilan soat 19.00da boshlangan. Bosh shtab ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiyada 72 ta samolyot ishtirok etgan va 113 ta belgilangan nishondan 108tasini aniq mo‘ljalga olgan.  

O‘z navbatida, kurd tomoni bombardimonlar oqibatida 9 kishi, jumladan 6 nafar fuqaro halok bo‘lgani, 13 kishi jarohat olganini ma'lum qilgan. Keyinroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 21 yanvarda Afrinda quruqlikdagi operatsiya boshlanishi mumkinligini ma'lum qilgan. 

Mavzu
Turkiyaning Suriyaga kirishi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyani amalda boshladi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top