11:45 / 22.01.2018
45925
To‘rtko‘l sobiq hokimi qayerga ishga o‘tgani ma'lum bo‘ldi
Foto: Kruz.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga 2017 yilning oxiriga qadar hokim bo‘lib kelgan G‘afurjon G‘aniyevich Xadjiyev qayerga ishga o‘tgani ma'lum bo‘ldi, deb yozmoqda Kruz.uz.

Qayd etilishicha, G‘.Xadjiyev O‘zbekiston maxsus mexanizatsiyalashgan temiryo‘l stansiyasiga boshliq lavozimiga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 17 dekabr kuni To‘rtko‘l tumaniga Ne'matulla Xudaybergenov hokim etib tayinlangan edi. Bundan oldin u 19 yil davomida Ellikqal'a tumanida hokim bo‘lib ishlagan.

Top