00:53 / 24.01.2018
12741

AQShda «Oskar» kinomukofotiga nominantlar e'lon qilindi

Foto: AFP

AQShning Los-Anjyeles shahrida «Oskar» kinomukofotiga nomzodlar e'lon qilindi, deb yozadi TASS.

2018 yilda «Eng yaxshi film» toifasiga to‘qqizta film nomzodi ilgari surilgan: Bular — Luka Guadaninoning «Meni o‘z noming bilan chaqir» (Call Me by Your Name), Jo Raytning «Qorong‘u palla» (Darkest Hour), Kristofer Nolanning «Dyunkerk» (Dunkirk), Jordan Pilning «Yo‘qol» (Get Out), Greta Gervigning «Byord xonim» (Lady Bird), Pol Tomas Andersonning «Xayoliy ip» (Phantom Thread), Stiven Spilbergning «Maxfiy hujjat» (The Post), rejissyor Gilermo del Toroning «Suv shakli» (The Shape of Water), shuningdek, Martin Makdonaning «Ebbing chegarasidagi uch billbord, Missuri» (Three Billboards Outside Ebbing, Missouri) filmlaridir.

«Xorijiy tildagi eng yaxshi film» toifasiga beshta film ilgari surilgan. Bular — rossiyalik Andrey Zvyagintsevning «Mehrsizlik», Sebastyan Lelioning «Fantastik ayol» (Una mujer fantastica), Ziyod Duayriyning «Haqorat» (The Insult), Ildiko Enedining «Tan va ruh haqida» va Rubena Estlundning «Maydon» (The Square) filmlaridir.

Eng yaxshi rejissyor Gilermo del Toro, Kristofer Nolan, Jordan Pil, Greta Gervig va Pol Tomas Anderson orasidan tanlab olinadi.

Eng yaxshi aktyorlikka nomzodlar orasida Gari Oldman va Denzel Vashington bor. Oldman «Qorong‘i palla» filmi uchun nomzod bo‘lsa, Vashington «Roman Izrael, Esq.» (Roman J. Israel, Esq.) filmidagi bosh roli bilan kurashadi. Ulardan tashqari bu nominatsiyada «Xayoliy ip»dagi roli uchun Deniel Dey-Lyuis va Timoti Shalame («Meni o‘z noming bilan chaqir»), Deniel Kaluya («Yo‘qol») bor.

«Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasida ham besh aktrisa kurash olib boradi. Amerika kino san'ati akademiyasining xabariga ko‘ra, bu ro‘yxatga Salli Hokins («Suv shakli»), Frensis Makdormand («Ebbing chegarasidagi uch billbord, Missuri»), Meril Strip («maxfiy hujjat»), Sirsha Ronan («Byord xonim»), shuningdek Margo Robbi («Tonya barchaga qarshi») kabi aktrisalar kiritilgan.

Mavzuga oid
Top