16:33 / 24.01.2018
13591

FVV: Qozog‘istonning ayrim hududlarida kuchli sovuq saqlanib qolmoqda

Foto: novoetv.kz

Qozog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida kuchli sovuq saqlanib qolmoqda. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning bir qator viloyatlarida havo harorati kuchli sovib ketishi munosabati bilan 22-26 yanvar kunlari bo‘ron ogohlantiruvi e'lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Top