16:40 / 25.01.2018
19413

Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining 17.01.2018 yildagi 31-son qarori bilan bankni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im hamda bank ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, banklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Qaror bilan bunda undiriladigan to‘lovning quyidagi miqdorlari belgilandi:

Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari o‘z ustav kapitallarini 1.01.2019 yilga qadar belgilangan eng kam talablargacha yetkazishlari darkor.  

Agar lisenziat litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan paytdan e'tiboran 3 oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatni topshirmagan bo‘lsa yoki litsenziya bitimini imzolamagan bo‘lsa, litsenziya bekor qilinishi mumkin.

Hujjat 19.01.2018 yildan kuchga kirdi.  

Top