07:50 / 25.01.2018
29996

«Real» sensatsion ravishda mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Kubogini tark etdi

24 yanvar oqshomida Madridda «Real» va «Leganes» jamoalari o‘rtasida Ispaniya Kubogining chorak finali doirasida javob uchrashuvi o‘tkazildi. Bir hafta muqaddam safarda minimal hisobda (1:0) g‘alaba qozonib kelgan Zidan shogirdlari «Santyago Bernabeu»da 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 

O‘yinning 31-daqiqasida Xaver Eraso uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Karim Benzema hisobni tenglashtirdi, ammo ko‘p o‘tmay, 55-daqiqada Gabriel jamoasining ikkinchi golini urdi va bu gol «Leganes»ga g‘alaba keltirib, jamoaga yarim final eshiklarini ochib berdi. 

Shu tariqa, «Real» qatorasiga to‘rtinchi yil Qirol Kubogi yarim finaliga chiqa olmadi.

Ispaniya Kubogi
1/4 final
Ikkinchi uchrashuvlar

Real Madrid – Leganes 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 31 Eraso, 1:1 – 47 Benzema, 1:2 – 55 Pires.
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Teo, Xakimi (Karvaxal, 68), Ramos, Isko (Mayoral, 77), Lorente (Modrich, 69), Vaskes, Kovachich, Asensio, Benzema.
Leganes – Shampan, Bustinsa, Riko, Tito, Siovas (Mantovani, 58), Brashanats, Pires, Eraso, El-Jar (Naranxo, 80), Amrabat (Raul Garsiya, 70), Bovyu.
Ogohlantirishlar: Tito (27), Shampan (75), Ramos (80).
Birinchi uchrashuv: 1:0

Top