12:00 / 26.01.2018
11143

2017 yilda benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda o‘tgan yilda benzin ishlab chiqarish hajmi bir yil avval - 2016 yildagiga nisbatan 2,5 foizga qisqardi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.

Qayd etilishicha, 2017 yilda O‘zbekistonda 1 mln 106 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. 2016 yilda bu 1 mln 134 ming tonnaga teng bo‘lgan. O‘tgan yilda dizel ishlab chiqarish 4,5 foizga qisqargan. 2016 yilda 1 mln 8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘tgan yili 963 ming tonnaga yaqin mazkur yoqilg‘i chiqarilgan.

Shu bilan birga, yengil avtomobillar ishlab chiqarish esa 58,1 foizga, avtobus ishlab chiqarish 16,4 foizga, yuk avtomobillar ishlab chiqarish 7,5 foizga ortgan.

Mavzuga oid
Top