14:50 / 26.01.2018
24841
Reklama

Chiqindini oltinga aylantirish

Foto: ASIA STAR

O‘zbekistonda har yili millionlab avtomobil shinalari chiqindiga aylanadi. Shu chiqindilarning bir qismi qayta ishlanib, granula holatiga keltiriladi va har xil turdagi rezina mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qolgan shinalar esa chiqindi bo‘lib to‘planib yotadi. Avto saroylar hattoki bu chiqindilardan qutulish uchun anchagina pul sarf qiladilar. Xo‘sh, bu chiqindilardan O‘zbekiston sharoitida qanday unumli foydalanish mumkin?

O‘zbekiston sharoitida avtomobil shinalarini qayta ishlab, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish eng serdaromad va foydali yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Har yili O‘zbekistonda sarf qilinadigan neft mahsulotlarining qariyb 50 foiz chet davlatlaridan import qilinadi. Shu sababli bu yo‘nalishda tadbirkorlik qilish ishbilarmonning o‘ziga, Respublika iqtisodiyotiga, tabiatga va barcha yurtdoshlarimizga foyda keltiradi. 

1 TONNA AVTOMOBIL ShINALARIDAN O‘RTAChA:

  • Sintetik neft 30-40% (300-400l)
  • Uglerod qoldiqlari 40-45% (400-450kg)
  • Metall 10-20% (100-200kg)
  • Gaz 7-10% ajralib chiqadi
Foto: ASIA STAR

Sintetik neft - tarkibi bo‘yicha tabiiy neft bilan bir xil. Bu mahsulotni neft qayta ishlovchi korxonalarga sotish mumkin va undan benzin hamda dizel yoqilg‘isi ishlab chiqariladi. Bundan tashqari sintetik neftni qayta ishlamay mazut va yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek bu mahsulot asfalt ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo hisoblanadi.

Uglerod qoldiqlari – tarkibi bo‘yicha ko‘mirga yaqin. Bu mahsulotdan ko‘mir briketlari, lak-bo‘yoq mahsulotlari uchun rang, rezina ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalanish mumkin.

Metall – bu xomashyoni metall qayta ishlovchi korxonalarga metallolom sifatida sotish mumkin.

Gaz – yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin.

Foto: ASIA STAR

O‘zbekistonda bu yo‘nalish deyarli rivojlanmagan. Har bir viloyatda bir dona shunday korxona tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ishlab chiqarish liniyasi uchun sarf qilingan xarajatlarni 1-2 yil davomida to‘liq qoplab olish mumkin. Hurmatli tadbirkorlar yurtimizda hali rivojlanmagan, serdaromad va foydali biznes bilan shug‘ullanib, o‘zingizga, tabiatga hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga manfaat keltiring!

Avtomobil shinalarini qayta ishlab, sintetik neft mahsulotiga aylantirish uchun kerakli bo‘lgan uskunalar bilan tanishish uchun "ASIA STAR" O‘zbek-Xitoy Savdo uyining rasmiy kanaliga obuna bo‘ling! 👇

👉Telegram kanaliga obuna bo‘lish!👈

👉Facebook kanaliga obuna bo‘lish!👈

👉Instagram kanaliga obuna bo‘lish!👈

👉Youtube kanaliga obuna bo‘lish!👈

📞 +998951697766

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top