15:15 / 26.01.2018
4843
Merkelning raqibi: YeI Germaniya yetakchiligiga muhtoj
Foto: Reuters

Yevroittifoqda Germaniya xalqaro chaqiriqlar oldida bu birlashmada o‘z yetakchiligini tiklashiga ehtiyoj bor. Bu haqda Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Martin Shults ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

«AQSh prezidenti Davosda Qo‘shma Shtatlar yangi siyosatni olib borishi haqida alohida ta'kidlab o‘tadi. Yevroittifoqqa esa kuchli Germaniya zarur, bu Xitoy va AQSh tomonidan keluvchi chaqiriqlarga qarshi turish uchun kerak», - deya aytib o‘tdi Shults.

U Germaniya hukumatida koalitsiya yaratish bo‘yicha kansler Angela Merkel bilan muzokaralar avvalida shunday bayonot bilan chiqdi. GSDP bu muzokaralarda Yevropa siyosatiga hamohang kun tartibini ilgari surmoqda. U, Shultsning so‘zlariga ko‘ra, hayotga tezlik bilan va konstruktiv tatbiq etilishi lozim.

Top