8392.2 USD -2.95

9477.31 EUR -32.72

126.25 RUB -1.42

10816.7 GBP -52.49

07:25 / 26.01.2018 10687

«Mustaqillikning 25 yilligi» koni hududida baholash qudug‘ining qurilishi boshlandi

Foto: SGC matbuot xizmati

“O‘zbekiston mustaqilligi” investitsion bloki bilan mahsulotlar taqsimoti to‘g‘risida tuzilgan bitim doirasida Surhan Gas Chemical Operating Company operator  kompaniyasi Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida uglevodorodlar zaxirasini aniqlash maqsadida baholash qudug‘ini qurish ishlarini  boshladi.

Ayni paytda “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hamda “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsion  blokiga tegishli tabiiy gaz miqdori 100 mlrd kubometrni tashkil etadi. 

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun burg‘ulovchi pudratchi sifatida Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharqda katta tajribaga ega bo‘lgan  ERIELL burg‘ulash kompaniyasi jalb qilingan. Quduqning qurilishi uchun serovodorod ta'siri, me'yoridan ortiq plastik bosim va harorat, shuningdek, boshqa murakkab sharoitlarda ishlashda yuqori yuk ko‘tarish quvvatiga ega o‘ziga xos qurilma yaratildi. Loyiha doirasida servis xizmatlarini BakerHghes, Halliburton va  NOV singari yetakchi xalqaro servis pudratchilari taqdim etishadi.

Baholash qudug‘i bilan bir qatorda ayni damda “Mustaqillikning 25 yilligi” konida butun blok bo‘yicha shartnoma maydonining ekologik audit tekshiruvlari o‘tkazilmoqda, marketing tadqiqotlarini tashkil etish, loyihalar va zaxiralar auditini tubdan qayta ishlash borasida xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi ishlar ham boshlab yuborilgan.

Yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur loyihaning ishga tushirilishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shadi, uni amalga oshirish doirasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi. Shu bilan birga u nafaqat loyiha amalga oshirilayotgan hududning rivojida,  balki O‘zbekiston Respublikasining butun gaz-kimyo va kimyo sanoati taraqqiyotida katta o‘rin tutadi.

Top