15:30 / 26.01.2018
39432
Rossiya ikki oyga Tojikiston fuqarolarining kirishiga cheklov joriy etmoqda
Foto: TV Tsentr

Rossiya futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida Tojikiston fuqarolariga o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan shaharlarga 25 may – 25 iyul kunlari davomida kirish bo‘yicha cheklov joriy etmoqda. Bu haqda Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligi xabar qilgan.

"Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligi fuqarolarni Rossiyaning ushbu shaharlariga futbol bo‘yicha JCh-2018 o‘tkazilishi vaqtida bormaslikni tavsiya qiladi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Ko‘rsatilgan davrda Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Saransk va Sochi kabi shaharlarga kelgan Tojikiston fuqarolari bir sutka davomida migratsion hisobga turishlari shart.

«Ushbu talab nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki Rossiyaning yuqorida nomlari zikr etilgan shaharlariga keluvchi barcha xorijliklarga aloqador hamda JCh-2018 vaqtida xavfsizlikni ta'minlashga yo‘naltirilgan», - deya ta'kidlab o‘tishgan Tojikiston Mehnat vazirligidan.

Top