10:21 / 26.01.2018
14301

Termiz shahrida yangi axborot-kutubxona majmuasi foydalanishga topshirildi

Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yangi axborot-kutubxona majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

“Termiz shahrida foydalanishga topshirilgan Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mamlakatimizda kutubxonachilikning so‘nggi yutuqlari asosida bunyod etilgan an'anaviy, virtual hamda elektron kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish orqali aholining barcha qatlamiga xizmat ko‘rsatuvchi ma'rifat markazidir”, - deb yozadi E.Turdimov. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, markazda axborot-kommunikatsiya vositalarining so‘nggi yutuqlari mujassamlashtirilgan. Unda mutolaa zallari, muhokama va kompyuter xonalari, media-studiyalar, ma'lumot almashish imkonini beruvchi video tarmoq, tezkor WI-FI tarmog‘i mavjud. Mazkur markaz 225 ming kitob fondiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 275 nafarga yaqin kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi.

Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Top