01:12 / 26.01.2018
13883

Termizda «Innovatsiyalar va davlat xizmatlari markazi» ish boshlaydi

Foto: KUN.UZ

Bugungi kunning innovatsion g‘oyalar, takliflarga ehtiyoji bisyor. Har bir yo‘nalishda qancha taklif bor bo‘lsa, bu o‘z navbatida raqobatning oshishiga eng sara va dolzarb bo‘lgan ishlanma va ixtirolarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Aholi orasida dunyoqarashi keng, zamonaviy ilm va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan fuqarolar ayniqsa yoshlar, OO‘Yu talabalari ko‘pligi quvonarli holdir. Ular orasidan davr talabi, aholi ehtiyoji uchun asqotadigan innovatsion g‘oya va taklif sohiblarini aniqlash uchun yana bir ijobiy qadam tashlandi.

Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan «Innovatsiyalar va davlat xizmatlari markazi» loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda, deb ma'lumot berdi Kun.uz’ga vazirlik axborot xizmati.

Joriy yilning so‘ngiga qadar Termiz shahrining markaziy ko‘chalaridan birida aynan mana shu «Innovatsiyalar va davlat xizmatlari markazi» ish boshlaydi. Uning asosiy yo‘nalishlaridan biri innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish, xususiy investitsiyalarni jalb etishdan iborat. Bundan tashqari, g‘oya va takliflar tahlili, ularga moliyaviy tomondan ko‘mak berish, kerakli investorlarni topish bilan ham shug‘ullanadi. Innovatsion markazning asosiy vazifasi esa biznesni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan platformani tashkil etish, fuqarolarga yagona manzilda davlat xizmatlarni ko‘rsatishini ham qayd etish joiz.

Innovatsion markazning yana bir qulayliklaridan biri o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan, ammo o‘z ofisiga va ishchi-xodimlari, ya'ni buxgalteriya, yuridik maslahatchi, konsalting, seminarlar o‘tkazish imkonini ham beradi.

Bino konsepsiyasi loyiha nomiga xos zamonaviy muhtasham ko‘rinishga ega bo‘ladi. Markazning davlat-xususiy hamkorligi asosida tashkil etilishi esa hamkorlikning eng qulay yechimi sifatida e'tirof etilmoqda.

Top