18:36 / 26.01.2018
8513
“Urganch-Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Joriy yilning mart oyidan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari”  Milliy aviakompaniyasi tomonidan “Urganch—Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Parvozlar haftaning dushanba, seshanba, payshanba hamda yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘nalish avtomatlashtirilgan bronlash tizimiga kiritilgan. 

May oyidan e'tiboran esa “Toshkent—Barselona—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha Ispaniyaga muntazam qatnov boshlanadi. Mazkur yo‘nalish xizmatlaridan yo‘lovchilar haftaning payshanba kunlari zamonaviy “Boeing” samolyotlari orqali foydalanishlari mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top