14:30 / 27.01.2018
28260

Nurmagomedov: Makgregorni «buzib tashlamoqchiman» 

Foto: RIA "Novosti"

Aralash yakkakurashlar bo‘yicha rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik sportchi Konor Makgregorga bo‘lgan munosabati haqida aytib berdi.

«U kimnidir mag‘lub etishi haqida gapirib, so‘ng chiqib, mag‘lub etsa – bu unga qandaydir mashhurlik keltiradi.

UFC’da piar-mashina juda kuchli, u o‘zini to‘g‘ri taqdim etishni va kerakli bayonotlar berishni yaxshi biladi», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».

Biroq, rossiyalik irlandiyalikning boshqa sportchilar haqidagi haqoratomuz so‘zlari o‘ziga yoqmasligi haqida ham aytib o‘tdi.

«Men unda ko‘rayotgan barcha narsani buzib tashlamoqchiman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan rossiyalik jangchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov – Toni Fergyuson jangi sanasi rasman ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top