17:40 / 27.01.2018
32004

Ravshan Haydarov O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda zafar quchgan uchinchi murabbiy bo‘ldi

Foto: AFC

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo chempionati finalida Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi.

Natijada, yoshlar termasi ustozi Ravshan Haydarov O‘zbekiston terma jamoalari bilan rasmiy turnirlarda zafar quchgan 3-murabbiy bo‘ldi.

Avvalroq bunday ko‘rsatkichga Rustam Akramov va Dilshod Nuraliyev erishgandi.

O‘zbekiston terma jamoalari bilan rasmiy musobaqalarda g‘alaba qozongan murabbiylar:
Rustam Akramov (O‘zbekiston MTJ, Xirosima-1994, Xitoy - 4:2)
Dilshod Nuraliyev (O‘zbekiston U16, OCh-2012, Yaponiya - 1:1, pen. 3:1)
Ravshan Haydarov (O‘zbekiston U23, OCh-2018, Vetnam - 2:1)

Top