15:30 / 28.01.2018
21710

Kobuldagi terakt qurbonlari soni 100 nafardan oshdi, mamlakatda motam e'lon qilindi

Foto: © Twitter/Shahab Khan

27 yanvar kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 103 nafarni tashkil qilmoqda, yana 235 kishi jarohatlangan. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vaziri Vays Barmak jurnalistlarga ma'lum qilgan.

Ichki ishlar vazirligi va xavfsizlik boshqarmasi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumani Afg‘onistonning bir qator telekanallarida jonli translyatsiya qilingan.

Bundan avvalroq OAVda ushbu terrorchilik xuruji oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 95 nafarni tashkil qilgani ma'lum qilingandi.

28 yanvar kuni mamlakatda milliy motam kuni sifatida e'lon qilindi. Bundan tashqari, 29 yanvar Kobulda istiqomat qiluvchi kishilar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 

27 yanvar kuni tez tibbiy yordam avtomobilidagi terrorchi xudkush Kobul markazidagi diplomatik kvartalda portlash sodir etdi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid
Top